Bloomberğning taniqli insayderi Mark Gurman Apple ikkita mutlaqo yangi qurilmani tayyorlayotganini aytdi: aqlli közoynaklar hamda kameralar örnatilgan birinçi AirPods quloqçinlari. Tahlilçining fikriça, kompaniya qurilmalarni 2027 yilgaça taqdim etişi mumkin.
Hisobotga köra, Apple Vision Pro AR garniturasi sotuvidan kompaniyaning köngli tölmagan. Boşa kiyiladigan qurilma juda murakkab, noqulay, qimmat va köpçilik uçun foydasiz bölib çiqdi. Şunday bölsa-da, korporatsiyada AR sohasidagi köplab texnologiyalar va işlanmalar saqlanib qolgan. Apple ularni yanada oddiy va ixçamroq qurilmada qöllaşi kutilmoqda.
Gurmanning ta’kidlaşiça, “olmaçilar” klassik aksessuarga öxşaş smart közoynak işlab çiqmoqda. Ular 2023 yilda çiqarilgan Ray-ban Meta Smart Glasses’ni eslatişi mumkin.
Apple’ning aqlli közoynagi kameralar, mikrofonlar va dinamiklar bilan jihozlanadi. Linzalar kunduzgi yoruğlikda quyoşdan himoyalovçi közoynakka aylanib, atrof-muhitga moslaşişi mumkin. Şuningdek, közaynak Siri’ni qöllab-quvvatlaşi ehtimoli bor. Mini-proyektor esa foydalanuvçining köz oldida ob-havo ma’lumotlari, rejalaştiruvçi, yöl körsatuvçi va boşqa şu kabi axborot vidjyetlarini aks ettira oladi. Eslatib ötamiz, Meta özining aqlli közoynagini 299 dollarga sotmoqda. Apple ham öz mahsulotini xuddi şunday arzon narxda taklif qilişi ehtimoldan xoli emas.
2027 yilgaça kutilayotgan yana bir qiziqarli qurilma — taşqariga yönaltirilgan kameralari bor birinçi simsiz AirPods quloqçinlari. Balki modelga AirPods Pro 3 yoki 4 deb nom berilar. Quloqçinlar atrofdagi muhitni öqiy olişi mumkin, bu ayniqsa köriş qobiliyati çeklangan odamlar uçun juda foydali böladi. Hozirça garnituralar uçun kameralarning boşqa maqsadlari noma’lum. Apple ularni Apple Intelligence sun’iy intellekt funksiyalari bilan qandaydir tarzda boğlaş ehtimoli mavjud.
Insayderning aytişiça, Apple hozirça vizual intellekt funksiyalarini joriy etiş uçun qurilmaning şakl-şamoyili ustida tajribalar ötkazmoqda. Şu sababli, quloqçinlarning funksiyalari haqida gapirişga hali erta.
















