Jahon | 08:49 / 02.03.2018
4013
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida 30 yillik taqiqlovdan keyin kinoteatrlarga litsenziya berila boshlandi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Yurev

Saudiya Arabistoni madaniyat va axborot vazirligi 1 mart kunidan katta ekranda kino namoyish qilishga 30 yillik taqiqlovdan keyin kinoteatrlarni boshqarishga litsenziya bera boshladi.  

Saudiya Arabistonida kinoteatrlar 1980-yillar boshida taqiqlangan. Qirollikda yashovchilar kino ko‘rgani asosan qo‘shni Bahraynga borganlar. 

“Saudiya Arabistonida kinoteatrlar faoliyatini tiklash uchun litsenziyalar berish shartlari oxiriga yetkazildi. Lisenziyalar berish jarayoni darhol boshlanadi”, deyilgan vazirlik saytida.

2030 yilgacha qirollikda 300 dan ko‘proq kinoteatrlar tarmog‘i ishlashi kutilmoqda. Ularda 2 mingdan ko‘proq ekranda keng omma uchun filmlar namoyish qilinadi. Filmlar mamlakatdagi ma'naviy qadriyatlarni buzmaslik uchun senzuradan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid