Oygul Abdusalom Saudiya Arabistoni Qirollik şifoxonasida işlaydi. Soğlom ayol yoki çaqaloqlarning ölimiga köpinça qabulxonadagi kamçiliklar, transportirovkaning töğri taşkil qilinmagani va qon yetişmasligi sabab böladi, deydi şifokor Kun.uz bilan suhbatda.
Özbekistonda minglab işiga usta, qöli yengil şifokor, hamşiralar bor. Ularning yordami bilan kuniga minglab ayollar çaqaloğini soğlom holda qöliga oladi. Biroq 2024 yilda ham bir neça bor tuğuruqxonalarda ölim holatlari kuzatildi. Ölimlar sababi nimada, ularni qanday töxtatiş mumkin? Kun.uz muxbiri şu va boşqa mavzularda Saudiya Arabistoni Qirollik şifoxonasida işlayotgan Oydin Abdusalomova bilan suhbatlaşdi.
– Saudiya Arabistonida ham oldin ayollar ölimi köp bölgani aytiladi. Ular vaziyatni qanday iziga solgan, tuğuruqxonalarda qanday tizim işlaydi?
– Bu yerda iş Yevropa va Amerika yöriqnomalari asosida taşkil etilgan. Nafaqat iş, balki taşkiliy masalalar ham tizimli yölga qöyilgan. Işning sifati ham taşkillaştirişga boğliq. Homilador ayol şifoxonaga kelişi bilan uning ma’lumotlari kompyuterga kiritiladi, qoğozda qolib ketmaydi. Iş qabulxonadan boşlab yaxşi taşkillaştiriladi. Şuningdek, qon tahlili, rentgen, UZI singari tekşiruvlarning natijalarini topiş oson. Agar bemorning natijalari yomon çiqsa, u bilan tezda aloqaga çiqiladi. Buning uçun bemorning özgarmagan telefon raqami olinadi va boşqa davlatga ketib qolsa ham ma’lumotlar zudlik bilan yetkaziladi. Barça tuğuruqxonalarda istalgan payt jarroh va boşqa mutaxassislar topiladi.
Yana bir tomoni: dori vositalariga allergiyasi bölsa, bemorning bilagiga qizil boğiç, yana boşqa kasali bölsa, boşqa rangdagi boğiçlar boğlanadi va bu orqali hamşira, vraçlar uning qanday holatda ekanini biladi. Huşini yöqotgan bölsa, gapirolmasa, boğiçlarga qarab muolaja qilinadi.
– Andijonda işlagan paytingizda vaziyat qanday edi? Buni alohida sörayotganimning sababi tahririyatga aynan Andijonda ayollar ölimi bilan boğliq murojaatlar nisbatan köp keladi?
– Ha, men yaqinda Andijonda tuğuruqxonada ayol ölganini öqidim. Unda şifokorni ayblaş qiyin, işda kamçilik bölgan. Oxir-oqibat bu kamçiliklardan bemor aziyat çekkan. Tuğuruqxonada etarli mutaxassislar bölmagan. Jarroh köriçakni tekşirib berganda edi, bu kabi holat röy bermasdi, menimça. Bilişimça, u yerda transportirovka ham xato bölgan. Heç bir şifoxona bemorni qabul qilmagan. Saudiyada bunday emas, bir şifoxonadan boşqa şifoxonaga bemor yuborilsa, uning kasallik tarixi va boşqa ma’lumotlari ham birga yuboriladi va narigi şifoxonadagi navbatçida şifokorlar röyxati böladi. Bemorning kasalligiga qarab tegişli vraçning telefon raqami oldindan bemorga yuboriladi. Şuningdek, böş joylar soni ham aniqlaştirilib, bemor öşa şifoxonaga yuboriladi. Agar iş töğri taşkillaştirilsa, kasal sarson bölmaydi. Vraçlar ham bemorlarni oson qabul qiladi.
















