Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda prezidentga murojaatdan keyin yangi bog‘cha ochildi
2016 yilning noyabr oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazgan edi. Uchrashuvlar davomida tumanning Sarbozor qishlog‘i ayollari tomonidan mazkur qishloqda 2012 yildan buyon bolalar bog‘chasi yo‘qligi aytib o‘tilgan edi.
Shu kunlarda Navbahor tumanidan 10 km masofada joylashgan ushbu qishloqda yangi, zamon talablariga javob bera oladigan «Yulduzcha» nomli 10-maktabgacha ta'lim muassasasi ochilib, foydalanishga topshirildi. Mazkur bog‘cha «Quruvchi Navoiy» qurilish tashkiloti tomonidan bunyod etildi, bog‘cha 120 bolaga mo‘ljallangan.
«Muassasaning yangi binosida bolalarga jahon andazalari asosida ta'lim va tarbiya berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Xonalar yorug‘ va shinam, barcha inventarlar mavjud. Rus tili, ingliz tili, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi», deyiladi Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati xabarida.
2 mart kuni Maktabgacha ta'lim vaziri Agrepina Shin Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. U muassasaning o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga alohida e'tibor qaratish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini bergan.

Mavzuga oid
17:53 / 11.05.2026
Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026