Jahon | 00:55 / 04.03.2018
22728
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston ​prezidentining ilk 100 kuni: Jeenbekov nimalarga urindi?

Foto Sultan Dosaliyev

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooranboy Je​enbekov vazifasiga kirishganiga 100 kun to‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida mamlakat hayotida katta o‘zgarishlar yuz bermagan bo‘lsada, milliy manfaatlar yuzasidan bir nechta amaliy qadamlar tashlandi.

Foto Sultana Dosaliyev

Birinchi murojaat

Inauguratsiya marosimida amaldagi prezident birinchi qarori bilan sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevni «Ak-Shumkar» nishoni hamda Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlashini e'lon qildi.

Foto Sultana Dosaliyev

Birinchi qaror

«Oq uy» tomon yo‘l olgan prezident endilikda ish joyiga hammadan ertaroq borishga qaror qildi. Gap shundaki, poytaxtning shox ko‘chasidagi tirbandlikka xizmat qilgan, prezident kortejining o‘tishi tartibga solindi.

Foto Sultana Dosaliyev

Birinchi tashrif

Davlat rahbari sifatida Je​enbekovning ilk rasmiy xalqaro tashrifi Rossiyaga uyushtirildi. Uchrashuv davomida Rossiya prezidenti V.Putinga «Manas» ordenini ham taqdim etishga ulgurdi. Shundan so‘ng, Minsk shahriga yo‘l olgan qirg‘iz xalq yetakchisi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Foto Sultana Dosaliyev

Birinchi rasmiy tashrif

Sooranboy Je​enbekov amaliy tashriflardan so‘ng, ilk rasmiy tashrifni O‘zbekistondan boshladi. Shavkat Mirziyoyev bilan ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy, hududiy-chegaraviy, madaniy aloqalar muhokama etildi. Keyinchalik, u Ostonaga yo‘l oldi.

Foto Sultana Dosaliyev

 

Mavzuga oid