O‘zbekiston | 17:22 / 09.03.2018
5640
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya turistik operatorlari o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Shorahmatov boshchiligidagi delegatsiyaning Berlin (Germaniya)ga tashrifi davomida O‘zbekiston va Germaniya turistik kompaniyalari o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Uchrashuvda Sh.Shorahmatov bilan bir qatorda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi maslahatchisi A.Qayumov, Germaniya mustaqil turistik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbari Y.Chex so‘zga chiqishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Delegatsiyamiz vakillari germaniyalik hamkorlariga O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, respublikaning turistik salohiyati va xorijiy sayyohlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar   haqida batafsil ma'lumot berishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

V2V formatidagi uchrashuvda O‘zbekistondan 12 turoperator, Germaniyadan esa 30 ga yaqin turistik kompaniya vakillari ishtirok etishdi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, biznes doiralar vakillari tomonidan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. 

Bundan tashqari, keng ommani o‘zbek milliy oshxonasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda  O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan o‘zbek milliy taomlari degustatsiyasi tashkillashtirildi va bu germaniyaliklarning katta olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

 

Mavzuga oid