Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
Laos dunyodagi eng arzon davlat, Barbados esa eng qimmat mamlakat deb tan olindi.
Dunyo bo‘ylab sayohat qilishni xohlaydigan ko‘plab odamlarning yo‘lidagi asosiy to‘siq ko‘pincha narx bo‘ladi. Shu sababli sayyohlar ta’tilda pulni tejash yo‘llarini, jumladan, ko‘proq budjetga mos yo‘nalishlarni tanlashga harakat qiladi.
HelloSafe sug‘urta xizmati o‘zining so‘nggi tadqiqotida ta’til eng arzon bo‘lgan dunyo mamlakatlarini aniqladi. Jami tadqiqot 136 davlatni qamrab olgan. Reytingda Janubi-Sharqiy Osiyodagi Hindixitoy yarimorolida joylashgan Laos yetakchilik qilmoqda. Sayyohlar bu mamlakatda bir kunda o‘rtacha 10 funt sterling (taxminan 172 ming so‘m) sarflaydi. Bu qiymatga turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari kiradi.
Undan keyingi o‘rinlarda o‘rtacha kunlik xarajati 15 funt sterling bo‘lgan Qozog‘iston va 16 funt sterling bilan Ruanda turadi.
2024 yilda dunyodagi eng arzon 15 ta davlat:
- Laos (o‘rtacha kunlik xarajat £ 10);
- Qozog‘iston (£15);
- Ruanda (£16);
- Gana (£16);
- Mo‘g‘uliston (£18);
- Armaniston (£20);
- Burkina-Faso (£21);
- Gurjiston (£22);
- Mali (£23);
- Birma (£25);
- Haiti (£25);
- Malavi (£25);
- Hindiston (£27);
- Nepal (£28);
- Serbiya (£28).
Ammo tahlilchilar Karib dengizidagi Barbados mamlakatini sayohat uchun dunyodagi eng qimmat mamlakat deb tan olishdi, bu yerda bir kunlik ta’til 261 funt sterling (taxminan 4,5 mln so‘m) turadi. Undan keyingi o‘rinlarda mintaqadagi yana ikkita orol davlati - kuniga 244 funt sterling bilan Antigua va Barbuda va kuniga 215 funt sterling bilan Sent-Kits va Nevis.
2024 yilda dunyodagi eng qimmat 15 ta davlat:
- Barbados (o‘rtacha kunlik xarajat £ 261);
- Antigua va Barbuda (£244);
- Sent-Kits va Nevis (£215);
- Maldiv orollari (£207);
- Grenada (£205);
- Shveytsariya (£200);
- AQSh (£197);
- Mikroneziya (£195);
- Grenlandiya (£179);
- BAA (£175);
- Lixtenshteyn (£175);
- Bahama orollari (£173);
- Ummon (£171);
- Monako (£159);
- San-Tome va Prinsipi (£155).
Mavzuga oid
22:45 / 24.10.2024
2024 yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
18:21 / 18.10.2024
Mikroblar antiseptiklar bilan oziqlanishni o‘rganib oldi - tadqiqot
17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi
16:48 / 12.10.2024