Jamiyat | 17:11 / 13.03.2018
6442
3 daqiqa o‘qiladi

"Nurli kelajak Expo-2018" ko‘rgazmasi ish boshladi

​Maktabgacha ta'lim vazirligi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» da “Nurli kelajak Expo-2018”ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi. 
Ko‘rgazmada Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan oziq-ovqat, mebel, didaktik o‘yin va o‘yinchoqlar, sport va tibbiyot anjomlari, musiqa asboblari, oshxona asbob-uskunalari, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 250 dan ortiq korxona va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etmoqda.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati
Foto: Kun.uz

 Ushbu ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishni yo‘lga qo‘yish hamda korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan o‘yinlar va o‘yinchoqlar, mebellar va boshqa jihozlarning sifati, shakli, dizayni, qulayligi, zamonaviyligi va xavfsizligini o‘rganishdan iboratdir. Qolaversa, mazkur ko‘rgazma davomida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarni imzolanishi ham rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi kompaniyalar va tadbirkorlik sub'yektlari 90 dan ortiqni tashkil etmoqda. Toshkent shahri, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan 80 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ham o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmada namoyish etishmoqda.

Foto: Kun.uz

Ular yakuni bo‘yicha esa respublikamizning boshqa hududlaridagi maktabgacha ta'lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish tartibini joriy etish choralari ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, milliy, madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik materiallarni tayyorlash hamda joriy etish ishlari ham zamon talablariga muvofiqlashtirilmoqda.

Foto: Kun.uz
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi tomonidan maktabgacha ta'lim muassasalariga mo‘ljallangan taomlarni pishirish bo‘yicha master-klasslar ham o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘rgazma o‘z ishini 14 martga qadar davom ettiradi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish