O‘zbekiston | 00:30 / 13.03.2018
124592
1 daqiqa o‘qiladi

Soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib Behzod Musayev tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar berdi.

Avval, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimida ham ishlagan Behzod Musayev 12 mart kuni  Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlangan.

Bungacha, u 2010-2011 yillarda ham shu lavozimda faoliyat yuritgandi. 

Kun.uz axborot manbasining ma'lumotiga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi sobiq birinchi o‘rinbosari Abdusalom Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida lavozimidan ozod etilgan.

Mavzuga oid