O‘zbekiston | 16:10 / 15.03.2018
132551
1 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan elektr energiyasi narxi oshadi

«O‘zbekenergo» kompaniyasi 1 apreldan elektr energiyasi tariflari oshirilishini ma'lum qildi. Yangilangan tariflar reyestri 14 mart kuni O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Tariflar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi «Yonilg‘i-energetika resurslarini o‘z vaqtida ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qayta ko‘rib chiqilgan. Qarorda 1 apreldan elektr energiyasini 12 foizga va tabiiy gazni 10 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi.

Aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVts elektr energiyasi ayni vaqtda 204,3 so‘m. Bu narx 1 apreldan keyin 228,6 so‘m bo‘ladi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVts uchun 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshadi.

Oxirgi marta elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar tariflari 2017 yilning iyulida oshirilgan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid