Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qoplarda mis uloqtirilgani aniqlandi
Qirg‘iziston chegarachilari noqonuniy mis partiyasini ushlashdi. Mis O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qoplarga solinib, chegara chizig‘i ustidan uloqtirilgan. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston hududidagi noma'lum shaxslar davlat chegara chizig‘i orqali Qirg‘izistonga mis solingan 28 ta qopni uloqtirishgan. Bu vaqtda Qirg‘iziston hududida yukni 5 kishi poylab turgan.
Kontrabandachilarning bu operatsiyasi ortidan Aydarken chegara otryadi kuzatuv olib borgan. Qirg‘izistonliklar metallni olishlari bilan chegara naryadi tomonidan qo‘lga olinganlar.
Ma'lum qilinishicha, voqea Kadamjay tumanidagi Aq-Jar qishlog‘ida yuz bergan. Hammasi bo‘lib 400 kg mis qo‘lga kiritilgan. Ushlanganlar chegara tartibini buzganlari uchun jarimaga solinganlar, yuk esa Qirg‘iziston bojxona xizmatining hududiy bo‘limi xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
20:03
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilarning 2 million rubl ish haqi undirib berildi
18:59 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Rossiya qiruvchi samolyotlarining mashg‘ulotlari to‘xtatildi
21:08 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi korrupsiyada gumon qilinib qo‘lga olindi
13:42 / 31.03.2026