"O‘zbek milliy taomlari mahorat darslari markazi" ochildi
19 mart kuni Toshkentdagi "Bog‘i Eram" restoranida "O‘zbek milliy taomlari mahorat darslari markazi" ochilishi bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatlashi ostida mahalliy turoperatorlarning xorijlik sayyohlarni mamlakatimizning an'analar va madaniyati, xususan milliy oshxonasi bilan tanishtirishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

G‘oyaga ko‘ra, bu yerda har kuni o‘z ishining ustasi bo‘lgan oshpazlardan kulinariya bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi. Sayyohlar va mehmonlar bu qiziqarli jarayonlarni kuzatib, mashhur o‘zbek taomlarining tayyorlanishida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
"O‘zbek milliy taomlari bo‘yicha mahorat darslari markazi" ochilish kunida mehmonlarni Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan rang-barang shou-dasturlar bo‘lib o‘tdi. Kun davomida bu yerda o‘zbek taomlari "sultoni" palov hamda sumalak tayyorlandi.



Bir vaqtning o‘zida mashhur oshpazlar va turizm sohasidagi yetuk mutaxassislar tomonidan "kulinariya bo‘yicha mahorat darslari marafoni" o‘tkazildi. Karnay-surnay sadolari, taniqli xonandalar va musiqiy jamoalar ijrosidagi qo‘shiqlar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.



Bundan tashqari, masxarabozlarning chiqishlari va bolaligimizdan bizga tanish bo‘lgan an'anaviy xalq o‘yinlari barchani xushnud etdi.

Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SF Airlines aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 17:28
-
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 17:25
-
Ijtimoiy og‘ir 300 ta mahallada kichik quvvatli fotoelektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston | 17:22
-
«Issiqlik ta’minoti» aksiyadorlik jamiyatiga rais tayinlandi
O‘zbekiston | 17:15
Mavzuga oid

19:19 / 30.03.2023
Bir yurtning turli taomlari: qozonpatirdan tandir go‘shtgacha

19:10 / 31.05.2018
Niderlandiyada o‘zbek palov shousi bo‘lib o‘tdi

18:58 / 11.12.2016