Jahon | 19:10 / 31.05.2018
5811
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada o‘zbek palov shousi bo‘lib o‘tdi

Niderlandiyaning ko‘hna shahrida o‘zbek milliy taomlari shousi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 26 may kuni Niderlandiyaning Harlem shahrida mahalliy restoran boshqaruvchilari F.Misset va Van der Putten ishtirokida o‘zbek oshxonasiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Unda mahoratli oshpazlar yig‘ilgan mehmonlarga palov, ko‘k somsa va turli shirinliklarni pishirishni ko‘rsatib bergan.

"Bunday kechalar ko‘plab gollandlarda O‘zbekistonga, xususan gastronomik sayohatga qiziqish uyg‘otadi. Ko‘pchilik ushbu taomlarni asl holicha, kelib chiqqan vatanida tatib ko‘rishni istaydi", deydi Misset. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda chorak qismga ko‘paygan. 

Mavzuga oid