O‘zbekistonda havo harorati keskin isib ketishi kutilyapti
O‘zbekistonda hafta oxirida havo harorati keskin isib ketishi kutilmoqda. Ba'zi mintaqalarda harorat 33 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 22-23 martda yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 24-25 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 22-23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 22 martda kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 23 mart kuni kechqurun 10-15 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, 24 martda kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 25 martda kechqurun 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 22-23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 5-10 darajadan 10-15 darajagacha, 25 martda ba'zi joylarda 16-18 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliqdan 25-30 daraja issiqqacha.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 22-23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 5-10 darajadan 10-15 darajagacha, 25 martda ba'zi joylarda 16-18 daraja iliq, 22-23 mart kunduzi 18-23 daraja issiq, 24-25 martda 28-33 daraja issiq bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 22-23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 10-15 daraja iliq, 25 martda 17-20 darajagacha iliq, 22 mart kunduzi 23-28 daraja, 23 mart 20-25 daraja issiq, 24-25 martda 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 23 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 22-23 martda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 24-25 martda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, 22 mart kuni ko‘chki xavfi bor. Shamol sharqdan o‘z yo‘nalishini g‘arb tomon o‘zgartirib sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 22-23 martda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechqurun 4-9 daraja, 22 mart kunduzi 11-16 daraja, 23 martda 7-12 daraja, 24-25 martda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.