Jahon | 10:04 / 22.03.2018
6132
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun 200 mln dollarning bahridan o‘tadi

Foto: AP Photo

AQSh kongressi Ukrainaga harbiy yordam siftida 200 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Bu mablag‘ ichiga o‘limga olib keluvchi qurol ham kirib ketadi, deb xabar beryapti RIA «Novosti» mamlakatning 2018-moliyaviy yil uchun byudjyet loyihasiga asosan.

Hujjatga ko‘ra, mablag‘lar Pentagonga davlat departamenti bilan muvofiqlashgan holda, «mudofaa xarakteridagi o‘limga olib keluvchi qurol», harbiylarni o‘qitish, logistika, razvedka sohasidagi qo‘llab-quvvatlov va AQSh tomonidan avval taqdim etilgan qurolni almashtirish bo‘yicha xarajatlar uchun ajratilmoqda.

Biroq, ta'kidlanishicha, qator cheklovlar ham qo‘yilmoqda – xususan, Ukrainaga olib o‘tiluvchi zenit raketa majmualarini taqdim etish taqiqlangan.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid