Jahon | 13:50 / 22.03.2018
20615
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol hibsga olindi

Foto: Photl

Jalolobodda istiqomat qiluvchi ayol firibgarlik holati yuzasidan ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Batken viloyati IIB matbuot xizmati.

Jalolobod viloyatining Qizil-Jar qishlog‘ida yashovchi 47 yoshli ayolning arizasida bildirilishicha, 2017 yilning 25 dekabr kuni Batken viloyati Qadamjoy shahrida o‘zini Nargiza deb tanishtirgan shaxs 409 600 somlik olxo‘rini olib ketgan. Biroq ayol hozirgi kunga qadar olingan tovar uchun pulni to‘lab bermayotgan ekan.

2018 yilning 12 yanvar kuni ushbu holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida O‘sh shahrida 17 mart kuni firibgarlikda gumonlangan ayol qo‘lga olindi. U O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan N.H. bo‘lib chiqqan. Ayol ayni damda qamoqqa olingani aytilyapti.

Mavzuga oid