O‘zbekiston | 13:57 / 24.03.2018
19362
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: aholi tomorqasini rivojlantirish uchun mikrokreditlar ajratish talab darajasida emas!

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. 

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari yig‘ilishda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlarni chuqur tahlil qilinib, tomorqani rivojlantirish uchun mikrokreditlar berilishidagi kamchiliklar tanqid ostiga olindi.
  
“Aholini tomorqada mehnat bilan bandligini ta'minlash maqsadida ularga mikrokreditlar ajratish ham talab darajasida emas. Masalan, Navoiy viloyatidagi tijorat banklari tomonidan aholiga 11 milliard so‘m miqdorida mikrokreditlar  ajratish belgilangan bo‘lsada, hozirgacha atigi 944 million so‘m yoki 8,5 foiz o‘zlashtirilgan xolos. Boshqa viloyatlarda ahvol bundan ham yomon”, degan prezident. 

Mavzuga oid