Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda aytilgan muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Kasbga o‘qitish mehnat bozoridagi talab va yoshlar qiziqishini hisobga olmasdan, mavjud o‘qituvchilar doirasida amalga oshirilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoshlarning atigi 2 foizi dual ta’lim shaklida o‘qitiladi, viloyatdagi 30 ming korxonadan 350 tasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan, xolos. Natijada quvvati 28 ming o‘quvchi bo‘lgan kollej va texnikumlarga qabul 50 foizga yetmaydi.
Shu munosabat bilan quvvatidan to‘liq foydalanmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berilishi belgilandi. Tushgan mablag‘lar binolarni ta’mirlash va uskunalar xarid qilishga sarflanadi. Yagona shart – bu yerda yoshlarni kasbga o‘qitib, ishli qilish.
Mutasaddilarga bu imkoniyatdan foydalanib, bu yil 30 ta kollej va texnikumda xususiy o‘quv kurslarini boshlash topshirildi.
Maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda yoshlar ishlab chiqarayotgan tovarlarni davlat xaridi platformalarida sotishdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026