Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida asosiy masalaga ötişdan avval davlat rahbari yil boşida yaratilgan aholini band qiliş va tadbirkorlikni rivojlantirişning mutlaqo yangi tizimi — Sayxunobod, Uyçi, Zarbdor va Ğijduvon tajribalarining ijrosini tahlil qildi.

Bu borada yaxşi natija körsatayotgan tumanlar köpligi, lekin ayrim tuman hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni töliq tuşunib yetmayotgani körsatib ötildi.

Masalan, Uyçi tajribasi asosida respublika böyiça 500 mingta yangi iş örinlari yaratildi. Lekin 15 ta tuman va şahar rejasi 90 foizga yetmagan.

Yoki Sayxunobod tajribasi asosida har bir mahallada 10 tadan mikroloyiha qiliş zarur. Bu orqali respublikada jami 132 mingta mikroloyiha işga tuşirilib, 242 mingta yangi iş örinlari yaratildi. Biroq 26 ta tumandagi 46 ta mahallada nomigagina 1-2 ta mikroloyiha qilingani tanqid qilindi.

Bir oy oldin Ğijduvon tajribasi asosida tuman hokimlariga 1 mingta mahallani özida “tepaga ösadigan” (vertikal) sanoat binolari taşkil qiliş topşirilgan edi. Lekin birorta tuman hokimi hisob-kitob qilib, neçta loyiha qilişi va qança iş örni yaratişi böyiça rejasini tasdiqlagani yöq. 

Zarbdor tajribasi böyiça rahbarlar ijro muddati 1 oktyabr, deb xotirjam yurganiga qat’iy e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilar uşbu 4 ta tuman tajribasi böyiça sustkaşlikka yöl qöygan barça rahbarlarga çora qattiq bölişi haqida ogohlantirildi. 

Sayxunobod va Uyçi tajribalarida kamçiliklarga yöl qöygan mas’ullarga javobgarlik çoralarini köriş, qoloqliklarni bartaraf etiş topşirildi.

Zarbdor tajribasi asosida har bir tuman va şaharda kamida 5 tadan drayver loyihani şakllantiriş, Ğijduvon tajribasi asosida 1 mingta mahallaning özida “tepaga ösadigan” (vertikal) sanoat binolari loyihalarini tayyorlab, yil yakunigaça işga tuşiriş vazifasi qöyildi. 

Umuman, tajribalarning har biri böyiça mas’ullarga aniq KPI belgilanib, ijrosi ustidan qat’iy sörov örnatilişi belgilandi.