Jahon | 18:32 / 24.03.2018
12388
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko: Rossiya gibridli urush markazini Ukraina yuragiga yaqinlashtirishga urinmoqda
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Rossiya gibridli urush markazini Donbassdan Kiyevga ko‘chirishga harakat qilmoqda. Bu haqda «112 Ukraina» telekanali xabar berdi.
«Jangovar harakatlar hududida otishma qancha kam bo‘lsa, dushmanning sirtdan faolligi shuncha ko‘pdir. Rossiya gibridli urush markazini Ukraina yuragiga yaqinlashtirishga qat'iy harakat qilmoqda, yurak esa – bu bizning qadimiy poytaxtimiz, go‘zal Kiyev», - deya aytib o‘tgan Poroshenko.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari so‘nggi bir oy davomida ikkita keng ko‘lamli maxsus amaliyot o‘tkazishdi, ular «darsliklar sahifalariga kirishga loyiqdir».
Mavzuga oid
11:20
Borrel Ukraina uchun 6,5 mlrd yevro ajratilishiga umid qilmoqda
09:00
Ukraina binolarni minalashtirish bilan bog‘liq tahdidlar to‘lqiniga duch keldi
20:14 / 14.10.2024
Rossiyada Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan migrantlar Ukrainaga qarshi urushga borishga majburlanayotgani aytildi
13:50 / 14.10.2024