Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel noyabr oyigaça ittifoqqa a’zo davlatlar uning Kiyevga Yevropa tinçlik jamğarmasidan harbiy maqsadlar uçun olti milliard yevrodan köproq mablağ ajratiş haqidagi taklifini ma’qullab, Vengriyaning vetosini bekor etişiga umid qilmoqda.

«Biz Yevropa tinçlik jamğarmasi va Ukrainaga yordam jamğarmasi mablağlarini blokdan çiqarişga imkon beradigan konsensusni topişimiz kerak, men hozir 100 foiz kafolat bera olmayman, ammo öylaymanki, barça mamlakatlar bu kelişuvga erişadilar», dedi Borrell 14 oktyabr, duşanba kuni Lyuksemburgda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlari kengaşi yiğilişi yakunlari böyiça.

WP: YeI qurol yetkazib beriş örniga Ukraina HSKga sarmoya kiritmoqda

Yevropa Ittifoqining Ukrainaga mudofaa sanoati uçun 440 million dollar yordam beriş haqidagi yaqinda qabul qilgan qarori «blokning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga yondaşuvida sezilarli özgarişlarni körsatadi» va «Yevropa Ittifoqining mudofaa sektori qurol va öq-dorilarni işlab çiqarişdagi kamçiliklarini ta’kidlaydi», deb yozadi The Washington Post (WP) 13 oktyabr kuni.

Jurnalistlar bilan suhbatda ismini oşkor etmagan yevropalik diplomat Yevropa «Ukrainaga kerak bölgan qurollarni işlab çiqarişga qodir emas» va defitsitni töldirişning eng oson yöli «özi qiliş» ekanini aytdi. Bunday investitsiyalarning kengroq ma’nosi, şuningdek, «Ukrainaning ğarbiy mudofaa sanoati ta’minot zanjirlariga bosqiçma-bosqiç integratsiyalaşuvidir», dedi Germaniya Marşall jamğarmasining Bryusseldagi vakolatxonasi rahbari Yan Lesser WP bilan suhbatda. Şu bilan birga, u Kiyevning mudofaa sanoatiga yönaltirilgan sarmoyalar «Ğarbda işlab çiqarilgan yirik qurol-yaroğlarning örnini bosmasligini» tan oldi.

Qayd etilişiça, Ukraina harbiy-sanoat kompleksini rivojlantiriş uçun pul Rossiyaning Ğarbdagi muzlatilgan aktivlaridan kelib tuşadigan foydadan olinadi. Mablağning yana bir qismini Daniya hukumati ajratadi.