Jahon | 20:03 / 25.03.2018
35925
3 daqiqa o‘qiladi

O‘xshash chehralar: Bir-biriga o‘xshab ketuvchi yulduzlar

Har bir Hollivud yulduzi o‘zining ko‘plab muxlislariga ega. Ularni boshqa bir mashhur shaxsga o‘xshatsangiz, aksariyat holatlarda jahllari chiqadi. Trendymen nashri tashqi ko‘rishidan bir-biridan ajratish qiyin bo‘lgan yulduzlar suratlari bilan bo‘lishdi.

Sara Xaylend va Mila Kunis

AQShda o‘zining "Amerikacha oila" serialidagi roli orqali tanilgan Sara bizning muxlislarga deyarli notanish. U yerda hamma aktrisani Mila Kunis bilan adashtiradi — qizlarning ko‘rinishi deryali bir xil.

Jyeymi Pressli va Margo Robbi

Margo Robbi ko‘pchilikka "Uoll-strit bo‘risi"dagi roli orqali tanish. Model va aktrisa Jyeymi Presli unga shu qadar o‘xshaydiki, hatto "Oskar" mukofotini topshirish marosimlaridan birida ularni adashtirib ham  yuborishgan.

Keti Perri va Zoui Deshanel

Ikki suratda ham bir qizdek tasavvur uyg‘onadi, ularning faqat pardozi boshqacha.

Xelena Kristensen va Kemeron Diaz

Unisi ham, bunisi ham 90-yillarda tanilgan. Faqat Xelena podiumda, Kemeron esa - kinoda. Shunday bo‘lsa-da, qizlar bemalol bir-birining o‘rnini bosishi mumkin.

Elayja Vud va Deniyel Redkliff

Mangu yosh tashqi ko‘rinishga ega bu ikki yulduz o‘zaro do‘st hamdir. Ularning qay biri Elayja, qaysinisi Deniyel ekanini aniqlash o‘zingizga havola.

Natali Portman va Kira Naytli

Jurnalistlar Portmanga uning tashqi ko‘rinishi Kira Naytliga o‘xshashi haqida gapirishganida aktrisaning jahli chiqadi. Biroq tan olish kerakki, bu go‘zallar bir-biriga juda o‘xshaydi.

Sindi Krouford va Yeva Mendes

Farq bor, albatta. Chunki Kroufordning yoshi kattaroq. Bir necha yil o‘tgach, Mendes ham xuddi shunday ko‘rinsa ajab emas.

Jyennifer Garner va Xillari Suonk

Ularning hatto tabassumi ham bir xil. Ko‘z ifodasi, lablari, burni va umuman, o‘xshash tomonlari ko‘p.

Mila Yovovich va Linda Yevangelista

Xo‘sh, qaysi biri kim ekanini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Chap tomondagisi Milaga o‘xshaydi... Yoki o‘ngdagisimi?

Mavzuga oid