13:19 / 27.03.2018
13369

O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasiga rais tayinlandi

Davron Nosirovich Samatov hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi Prezidentning 2017 yil 15 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib uning asosiy vazifasi Respublikamiz hududida zargarlik san'atining ko‘p asrlik an'analarini saqlash va rivojlantirish hisoblanadi.

“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 
2020 yilgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovidan ozod qilingan.

Top