29 mart kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 mart kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7-12, kunduzi 25-30, Ustyurtda kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27, ba'zi joylarda 30 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 26-31 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2000 metrdan yuqori joylarda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:26 / 13.10.2024
14 oktyabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
16:53 / 12.10.2024
Kelgusi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
15:10 / 12.10.2024
13 oktyabr kuni kechga tomon vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
16:07 / 11.10.2024