Malala Yusufzoy jangarilar hujumiga uchraganidan so‘ng ilk marta Pokistonga keldi
Nobel mukofotining eng yosh sohibi, Pokistondan bo‘lgan Malala Yusufzoy vataniga qaytib keldi. Bu «Tolibon» guruhi jangarilari tomonidan besh yil avval uyushtirilgan hujumdan so‘ng ilk marta yuz berdi, deb xabar qilmoqda Geo TV.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Yusufzoy bortda bo‘lgan samolyot Islomobod aeroprotiga mahalliy vaqt bilan tungi soatlarda qo‘ngan. Huquq himoyachisi kuchli xavfsizlik choralari qo‘llangan holda mehmonxonaga olib ketildi. Ta'kidlanishicha, unga ota-onasi va Malala Fund jamg‘armasi rahbari hamrohlik qilgan. Kutilishicha, Yusufzoy Pokistonga to‘rt kunlik tashrifi davomida mamlakat bosh vaziri Shohid Hoqon Abbosiy, armiya qo‘mondoni Kamor Javod Bajva va boshqa siyosatchilar bilan uchrashadi.
Malala Yusufzoy 11 yoshida «Bi-bi-si» uchun olib borgan blogi bilan mashhur bo‘lib ketgandi – unda u o‘z hayoti haqida yozib, «Tolibon» guruhini tanqid qilgan, shuningdek, qizlarning ta'lim olishga bo‘lgan huquqini himoya etgan. 2012 yilda «Tolibon» jangarilari unga suiqasd uyushtirishdi – u boshidan yaralandi va Britaniyada ikki marta jarrohlik amaliyoidan o‘tkazildi. 2014 yilda unga Nobel tinchlik mukofoti topshirildi.
Mavzuga oid
14:34 / 06.10.2024
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
21:12 / 22.09.2024
Pokistonda Rossiya elchisi kortejidagi avtomobil mina bilan portlatildi
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024