OTM qabul komissiyasiga hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish mumkin
Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish davlat imtihonlari uchun hujjatlar sinov tariqasida respublikaning barcha tumanlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov nutqiga tayanib Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Joriy yil Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar o‘zlari istiqomat qilib turgan hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali OTM qabul komissiyasiga hujjatlarni topshirishi mumkin. Ushbu loyiha ko‘lami kelgusi yilda kengaytirilishi va hamma abituriyentlar tumanidan chiqmagan tarzda o‘zi tanlagan oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi», deydi vazir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisida.
Ma'lumot uchun, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi» tamoyiliga ko‘ra Davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi
12:33 / 15.11.2022
Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
23:40 / 12.10.2022