Prezident farmoni bilan, Ruslanbek Quroltoyeviç Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, u şu munosabat bilan adliya vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi yangi ta’sis etilgan.

Kun.uz manbalarining ma’lum qilişiça, Adliya vazirligining yangi rahbari lavozimiga Toşkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toşqulov va Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamovning nomzodlari körib çiqilayotgan bölişi mumkin. Ularning ikkisi ham muqaddam adliya vaziri örinbosari bölib işlagan.

Ruslanbek Davletov 1980 yil Xorazm viloyatida tuğilgan, ma’lumoti oliy. 4 ta oliy ta’lim muassasasi (jumladan, 2001 yilda Buyuk Britaniya Varvik universiteti, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (magistratura), 2007 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2010 yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi)ni tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2001 yilda Monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi yetakçi mutaxassisi lavozimida boşlab, keyinroq mazkur qömitaning boş mutaxassis, bölim boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimlarida işlagan.

2004–2012 yillarda Vazirlar Mahkamasining huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasi yetakçi mutaxassisi, boş mutaxassisi, 2012–2014 yillarda – Oliy sud qoşidagi sud qonunçiligini demokratlaştiriş va liberallaştiriş, sud tizimi mustaqilligini ta’minlaş tadqiqot markazi direktori örinbosari, direktor v. b. lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2014–2016 yillarda Prezident devonining Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik xizmatining Senat va Qonunçilik palatasi tuzilmalari faoliyatini muvofiqlaştiriş sektori mudiri bölgan.

Ruslanbek Davletov 2017 yil avgustidan buyon Adliya vazirligi rahbariyatini boşqarib kelayotgandi.