Jahon | 09:14 / 02.04.2018
10413
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda hakerlar besh millionta bank kartasi ma'lumotlarini o‘mardi

Foto: RIA Novosti

Hakerlar guruhi AQShdagi do‘konlar mijozlaridan besh millionta kredit va debet kartalari ma'lumotlarini o‘g‘irladi hamda uning bir qismini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda kompyuter xavfsizligiga ixtisoslashgan Gemini Advisory kompaniyasi xabar bergan.

Ekspertlar ma'lumotiga ko‘ra, jinoyat ortida JokerStash hakerlik guruhi turibdi, u kuni kecha ma'lumotlar buzib kirilgani haqida e'lon qildi va 125 mingta kredit kartasi haqidagi ma'lumotni sotuvga qo‘ydi.

"Biz bir necha moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda shuni tasdiqladikki, yozuvlar 2017 yilning may oyidan to hozirgi vaqtga qadar Saks Fifth Avenue hamda Lord & Taylor do‘konlari mijozlaridan o‘marilgan", - deyiladi xabarda.

Do‘konlar Kanadaning Hudson's Bay Co kompaniyasi tuzilmasiga kiradi hamda jabrlangan mijozlarning aksariyati Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatida istiqomat qiladi.

Mavzuga oid