Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putinni Vashingtonga taklif qilgan
AQSh prezidenti Donald Tramp 20 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida uni Vashingtonda ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishga taklif qilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov xabar qildi.
«Agar hammasi joyida bo‘lsa, umid qilamanki, amerikaliklar o‘zlarining takliflarini bekor qilishmaydi va sammit o‘tkazish imkoniyati muhokama qilinadi. Prezidentlarimiz telefon orqali muloqot qilganida, Tramp Vashingtonda, Oq uyda uchrashishni taklif qilgandi», deya Ushakovning so‘zlarini keltirgan Ria Novosti.
Shu bilan birga, u bunday uchrashuv yilning birinchi yarmida bo‘lmasligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
«Bunday og‘zaki suhbatdan keyin ishchi xarakterga o‘tish uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Qolaversa, bu suhbatdan keyin o‘zaro munosabatlarda chigallik yuzaga keldi - AQShdan 60 nafar diplomatimiz chiqarib yuborildi, bosh konsulxonamiz yopildi. Bu qadamga esa Rossiya tomoni shunday javob qaytardi», deya qayd etgan Ushakov.
U shu tufayli 20 mart kungi suhbatdan keyin ikki davlat rahbarining muloqoti masalasi ko‘tarilmaganini qo‘shimcha qilgan.
Putin va Tramp o‘zaro ikki marta uchrashgan. Iyul oyida prezidentlar Hamburgdagi «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida uchrashishgandi. O‘shanda Ukraina va Suriyadagi inqiroz muhokama qilingandi. Siyosatchilarning keyingi uchrashuvi Danangdagi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitida ro‘y berdi. Bu uchrashuv vaqtida ular Suriya bo‘yicha qo‘shma bayonot berishgandi. Shundan keyin prezidentlar bir necha marta telefon orqali muloqot qilishdi.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
15:23 / 20.03.2026