Rossiyada şu hafta boşida prezident Vladimir Putinni keskin tanqid qilgan hukumatparast bloger Ilya Remeslo Sankt-Peterburg şahridagi 3-sonli şahar ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda 19 mart, payşanba kuni avval boşqa Z-blogerlar yozdi, keyin esa ma’lumotni Peterburgdagi “Fontanka” naşri tasdiqladi. Tibbiyot muassasasining ma’lumot xizmati jurnalistlarga şunday ism-familiyaga ega bemor haqiqatdan ham ularda ekanini bildirgan.
OAV ma’lumotlariga köra, 19 mart ertalab Remeslo, bir kun oldin faol ravişda intervyular berib turgan bölsa-da, aloqaga çiqmay qöygan va bir neça soat davomida ijtimoiy tarmoqlarda ham körinmagan.
“Fontanka” qayd etişiça, kremlparast bloger yotgan bölim raqamiga qaraganda, u oldin ruhşunoslar nazariga tuşmagan. Internetda şuningdek, Remesloning singlisi Sankt-Peterburgda taniqli psixiatr şifokor ekaniga ham e’tibor qaratilgan.
Ilya Remeslo — Rossiya Jamoat palatasining sobiq a’zosi, huquqşunos. U öz blogida hozirgaça Rossiya rahbariyatini faol qöllab-quvvatlab, muxolifatni tanqid qilib kelgan. Bundan taşqari, Remeslo Aleksey Navalniy va uning safdoşlari ustidan bir neçta ariza yozgan. Xususan, uşbu Z-bloger FBK xayriya mablağlari bilan göyoki “firibgarlik” qilingani haqidagi işda sezilarli rol öynagan.
17 mart keçqurun va 18 mart ertalab Remeslo kutilmaganda Kreml siyosatini keskin tanqid qiluvçi bir qator postlar e’lon qildi. Jumladan, bloger Ukrainadagi uruşni “berk köça” deb atadi va Vladimir Putinni “legitim bölmagan prezident” sifatida sud qilişga çaqirdi. Bu bayonotlar Z-muhitda katta şov-şuvga sabab böldi. Masalan, çeçen maxsus kuçlari rahbari Apti Alaudinov Remeslo hokimiyatni “mamlakat uçun eng oğir pallalardan birida” özining “obunaçilar va soxta şuhrat ortidan quvişi” sabab tanqid qilganini yozdi. Şuningdek, Remeslo akkaunti buzib kirilgan bölişi mumkin, degan taxminlar ham bildirildi, ammo blogerning özi 18 mart kuni buni rad etdi.
18 mart kuni Remeslo bilan intervyu yozib olgan jurnalist Aleksandr Plyuşçev şunday fikr bildirdi: agar kremlparast blogerning şifoxonaga yotqizilgani haqidagi ma’lumot tasdiqlansa, bu Rossiya hokimiyati uçun “eng samarali inqiroz-menejmenti” böladi.
“Garçi Remeslo intervyuda menga aytgan gaplar alahsiraşga umuman öxşamasa ham”, — deya ta’kidladi Plyuşçev.

















