Jamiyat | 14:33 / 03.04.2018
14997
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgan ayol ushlandi

Samarqand shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 1 aprel kuni soat 00.30larda, Kimyogarlar qo‘rg‘oni 29-dahada yashovchi, uy bekasi, 1979 yilda tug‘ilgan R.M. uyida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1978 yilda tug‘ilgan X.T.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan. 

Natijada X.T. voqea joyida vafot etgan. R.M. ushlangan.

 

Mavzuga oid