Samarqand viloyati Narpay tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida piyoda halok bölgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, hodisa 2024 yil 5 oktyabr kuni tunda yuz bergan. “Damas” maşinasi Narpay tumanida yölda harakatlanib ketayotganda yölning belgilanmagan joyidan yugurib çiqqan ayolni urib yuborgan.

Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan ayol şifoxonada vafot etgan.

“Men Samarqand yönalişida ketayotgandim. Yöl çetida 4-5 kişi janjallaşib turgan ekan. Yoniga borganimda ularning örtasidan bir ayol yugurib çiqdi va maşinamga özini otib yubordi. Maşinamni yöl çetida töxtatdim. Ayolni kötarib maşinamga ortişdi, şifoxonaga olib bordim. Yarim soatdan söng ayolning joni uzildi”, deydi haydovçi yigit.

Qayd etilişiça, mas’ul rahbarlar va keng jamoatçilik iştirokida mazkur YTH muhokama qilingan va odamlar huşyorlikka çorlangan.