Jahon | 23:34 / 04.04.2018
7355
3 daqiqa o‘qiladi

Sarmoyachilar uchun eng daromadli kompaniyalar ro‘yxati e'lon qilindi 

Foto: Vesti

Forbes sarmoyachilar uchun eng ko‘p daromad keltirgan kompaniyalar reytingini taqdim qildi. 

2018 yildagi reytingning o‘ziga xos jihati Xitoy kompaniyalari bo‘ldi. Bu kompaniyalar sarmoyachilar uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan. Quyida reyting yetakchilari haqida ma'lumot berilgan.

Alibaba – Xitoy kompaniyasi ro‘yxatga yetakchilik qilmoqda. 2014 yilda Alibaba 25 mlrd dollar miqdoridagi AQSh tarixidagi eng yirik IPO’ni o‘tkazgan.

Uber – taksi xizmati 2017 yilgi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Kompaniyaga yangi rahbar kelishi bilan 2019 yilda kompaniya IPO’sini o‘tkazmoqchi. 

Didi Chuxing – 2017 yilgi reytingda Xitoyning taksi xizmati 8-o‘rinni egallagan. Kompaniya navbatdagi moliyalashtirish raundi yopilgandan keyin reytingda yuqoriladi. Kompaniya 56 mlrd dollarga baholanmoqda.  

Snap – Snapchat’ga egalik qiluvchi kompaniya 2017 yilda IPO o‘tkazgan, 2018 yil boshida esa kompaniya aksiyalari 20 foizga oshgan. 

JD.com – Xitoyning eng katta onlayn-platformalaridan biri Alibaba bilan kurashishni davom ettirmoqda: kompaniyaning Xitoydagi elektr savdo bozoridagi ulushi 25 foizni,  yetakchi Alibaba’niki 55 foizni tashkil qilmoqda.  

Xiaomi – smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniya 2018 yilda 100 mlrd dollarlik narxga erishmoqchi. 

Airbnb – 2018 yil fevralda kompaniya asoschisi Brayan Cheski joriy yilda IPO o‘tkazmoqchi emasligini aytib o‘tgandi. 

China Internet Plus – Xitoy kompaniyasi 2015 yilda Meituan va Dianping kompaniyalari birlashishi evaziga paydo bo‘lgan.

WhatsApp – kompaniyaning ta'siri kamaygan. Biroq kompaniya mustaqil ravishda o‘sishda davom etmoqda.

Toutiao – Xitoy mediastartapi xizmatidan 700 mln kishi foydalanmoqda. 

2018 yilda eng muvaffaqiyatli sarmoyachilar reytingi – “Midas ro‘yxati” yetakchisi esa Sequoia Capital jamg‘armasi hamkori Neyl Shen bo‘ldi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid