Texnologiya | 00:43 / 05.04.2018
6311
1 daqiqa o‘qiladi

“VKontakte”ning sobiq boshqaruvchisi Telegram vitse-prezidenti etib tayinlandi

Foto: Aleksandr Koryakov / Kommersant'

“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining sobiq vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy Telegram messenjeri vitse-prezidenti etib tayinlandi. Ta'kidlanishicha, u messenjer biznesini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

2017 yil oxirida Telegram asoschisi Pavel Durov 2018 yil boshida kompaniya messenjer orqali pul topish bilan shug‘ullanishni boshlamoqchiligini aytgan. Biroq u bu qanday amalga oshishiga aniqlik kiritmagan.

2018 yil yanvarda Telegram ICO o‘tkazmoqchiligi ma'lum bo‘lgan. Messenjer yangi platformasi TelegramOpen Network’ning tokenlarini joylashtirish orqali 1,7 mlrd dollar jalb qila oldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid