O‘zbekiston | 11:32 / 06.04.2018
12803
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev O‘simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bu yerda tajriba-ishlab chiqarish jarayoni xalqaro GMP standartiga muvofiq modernizatsiya qilinmoqda. Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30dan ortiq tabiiy toza, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
 
Davlat rahbari dastlab mazkur korxona bilan tanishdi. Olimlar tomonidan tayyorlangan o‘simlik moddalarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omili ekanini, buning uchun o‘simliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini o‘rganib, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha muntazam izlanish zarurligini ta'kidladi. O‘simlik moddalari kimyosi institutini rivojlantirishga doir alohida qaror tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavzuga oid