Jahon | 00:38 / 06.04.2018
4591
1 daqiqa o‘qiladi

Oq uyda Merkelning AQShga kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti / Press-slujba Prezidenta RF

Oq uy Germaniya kansleri Angela Merkelning Vashingtonga kelishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani va uning detallari hozircha muhokama qilinayotganini ma'lum qildi. Bu haqda jurnalistlarga Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Xogan Gidli aytib o‘tgan. 

Avvalroq Merkelning Vashingtonga tashrifi aprel oxirida bo‘lishi kutilayotgani ma'lum qilingan. Bild nashri manbalarga iqtibos keltirgan holda Tramp va Merkel uchrashuvi 27 aprelda o‘tishini ma'lum qilgan.

4 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniyani “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishiga investitsiyalar kiritgani, NATO byudjyetiga kam miqdordagi to‘lovlar va “Skripal ishi” bo‘yicha yetarlicha qat'iy pozitsiyaga ega emasligi uchun tanqid qilgandi. Tramp AQSh bu ish bo‘yicha 60 nafar rossiyalik diplomatni, Germaniya esa bor-yo‘g‘i 4 diplomatni chiqarib yuborganini ta'kidlab o‘tgan.

 

Mavzuga oid