Qöşma Ştatlarda ColdRiver hakerlar guruhi bilan boğliq 107 domenni musodara qiliş uçun orderlar çiqarildi. 3 oktyabr, payşanba kuni e’lon qilingan bayonotda AQŞ Adliya vazirligi bloklangan domenlardan maqsadli fişing – elektron poçta manzillari va veb-saytlarni soxtalaştiriş orqali boşqa şaxs niqobi ostida ma’lumotlarga kirişga urinişlar uçun foydalanilganini ta’kidladi.
ColdRiver faoliyati, AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, sobiq AQŞ razvedka xodimlari, AQŞ Mudofaa vazirligi va Davlat departamentining sobiq va hozirgi xodimlari, mudofaa böyiça pudratçilar va Energetika vazirligi xodimlariga qaratilgan. Idora fikriça, hakerlar Federal xavfsizlik xizmatining (Rossiya «FSB») «Tsentr-18» nomli bölinmasi bilan aloqada bölib, uning vazifalariga AQŞ departamentlari va agentliklarining ma’lumotlariga kiriş kiradi.
Polşa Rossiya va Belarus hakerlarining qöşma diversiyasini töxtatib qoldi
Polşa huquq-tartibot idoralari Rossiya va Belarus örtasida Polşadagi barqarorlikni buzişga qaratilgan qöşma qöporuvçilik operatsiyasini tayyorlagan hakerlar guruhini foş qildi. Bu haqda Varşavada 9 sentabr kuni mamlakat boş vaziri örinbosari, raqamlaştiriş vaziri Kşiştof Gavkovskiy ma’lum qildi. Unga köra, Belarus hududidan faoliyat olib borgan hakerlar Polşa davlat idoralari va harbiy buyurtmalarni bajaruvçi davlat kompaniyalari resurslariga buzib kirişgan.
Kiberjinoyatçilarning vazifalari orasida «ma’lumotni tovlamaçilik yöli bilan oliş, şaxslar va taşkilotlarni şantaj qiliş, şuningdek, haqiqiy kiberuruş olib boriş» bölgan, dedi vazir. Misol tariqasida u Polşaning antidoping agentligi POLADA’ga hakerlar hujumini keltirdi.
Kşiştof Gavkovskiy guruhda qança odam borligi, şuningdek, qölga olinganlar soniga aniqlik kiritmadi. Uning qöşimça qilişiça, yil boşidan buyon 400 mingta ehtimoliy kiberhujumlar qayd etilgan, bu butun 2023 yildagidan (370 ming) sezilarli darajada köp.












