Qöşma Ştatlar 4 oktyabr, juma kuni Yamandagi eronparast «Ansor Alloh» guruhining husiyçi jangçilari nazorati ostidagi bir qator nişonlarga raketa zarbalari berdi. Avvaliga Amerika qömondonligidan bu haqda heç qanday rasmiy xabar yöq edi, biroq husiyçilar tomonidan nazorat qilinadigan Yaman OAV xabarlari anonimlik şarti bilan AQŞ ma’muriyati vakili tomonidan tasdiqlangan.
Uşbu xabarlarga köra, hujumlar Amerika harbiy samolyotlari va kemalaridan amalga oşirilgan. Nişonlar orasida Qizil dengiz sohilidagi Xodeyda şahri aerodromi va harbiy baza bor edi. Husiyçilar nazorati ostidagi poytaxt Sano, şuningdek, Dhamar şahrida bir neçta nişonga zarba berildi.
Yamanning «Al-Masirah» telekanali Britaniya qöşinlari amerikaliklar bilan birga zarbalar berganini da’vo qilgan, biroq Britaniya hukumatidagi manbalar buni rad etmoqda. Halok bölganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yöq.
RF husiyçilar bilan ularga raketalar yetkaziş böyiça yaşirin muzokara olib bormoqda - Reuters
Rossiya Eron vositaçiligida Yamanning husiyçi isyonçilari bilan P-800 «Oniks» (eksport versiyasida «Yaxont») kemalarga qarşi qanotli raketalarini yetkazib beriş böyiça yaşirin muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi Reuters 24 sentabr kuni ğarbdagi va mintaqaviy manbalarga tayanib.
Agentlik suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, muzokaralar may oyi oxirida vertolyot qulaşida halok bölgan Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy davrida boşlangan. Ikki mintaqaviy rasmiyning aytişiça, Rossiya va husiyçilar vakillari Tehronda bu yil kamida ikki marta uçraşgan, kelgusi haftalarda yana köp uçraşuvlar bölişi kutilmoqda. Biroq, Reuters manbalariga köra, Rossiya raketalarni husiyçilarga topşiriş böyiça qaror qabul qilgani yöq.
«Eronliklar bu muzokaralarda vositaçilik qilmoqda, biroq ularga qöşilişni istamayapti», dedi ğarb razvedkasidagi manba Reuters agentligiga.












