O‘zbekiston | 00:05 / 06.04.2018
22545
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik diplomatlarning ish haqlari oshirilmoqda

Foto: UZ 24

Xorijdagi diplomatik vakolatxona va davlat muassasalari xodimlarining ish haqlari oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan farmonda shunday deyilgan. 

Ma'lum qilinishicha, farmon bilan Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ishlab turilgan mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, tovarlar, ishlar (xizmatlar) qiymati indeksatsiyasini, shuningdek, valyuta kursining o‘zgaruvchanligini o‘rganish asosida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari xodimlarining ish haqlarini oshirish masalasiga e'tibor qaratilgan.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalariga uzoq muddatli xizmat safariga yuborilgan xodimlarning lavozim maoshlari miqdorlarini besh yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqish amaliyotini joriy qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Elchilar va Tashqi ishlar vazirligi diplomatik xodimlari uy-joy hamda ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olishi uchun imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish tavsiya etiladi.