2017 yilning eng chiroyli banknotasi ma'lum qilindi
Xalqaro banknotalar jamiyati IBNS “Yil banknotasi” tanlovining yakuniy natijalarini ma'lum qildi. G‘olib banknota ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan. Unga ko‘ra, 2017 yilning eng chiroyli banknotasi deb 10 shveysar franki tan olindi.
Banknotaning old tomonida vaqtni boshqarayotgan, dirijyor tayoqchasini ushlagan qo‘l tasvirlangan, bu Shveytsariya aholisining ko‘p qirraligini ifodalaydi. Kupyuraning orqa tomonida shveysar soatlari mexanizmi va Gotard temir yo‘l tunneli suratlari tasvirlangan.
Shveytsariya uchun bu ikkinchi g‘alabadir: o‘tgan yil 1-o‘rin 50 shveysar frankiga berilgandi.
Quyida hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholangan banknotalar keltirilgan:
10 dollar (Kanada)
10 funt (Shotlandiya)
7 dollar (Fiji)
100 kron (Norvegiya)
40 frank (Jibuti)