Jahon | 16:00 / 07.04.2018
17344
1 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov aprel voqealarida halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi 

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2010 yilning aprel oyi hodisalarida halok bo‘lganlar xotirasiga atab «Ata-Beyit» memorial kompleksida barpo etilgan devorga gulchambarlar qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, gulchambarlar qo‘yish marosimidan so‘ng halok bo‘lganlarning haqiga duo qilingan.

Foto: kabar.kg
Foto: kabar.kg
Foto: kabar.kg

Tadbirda sobiq prezident Roza Otunbayeva, Jogorku Kenesh spikeri Dostonbek Jumabekov, bosh vazir Sapar Isoqov, shuningdek, 2010 yilning 7 aprel kuni halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning qarindoshlari, aprel voqealari ishtirokchilari, Jogorku Kenesh deputatlari, hukumat a'zolari, Qirg‘iziston davlat organlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Mavzuga oid