Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiya bosh vaziri o‘z atrofidagilarni maxsus tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Foto: AFP
Slovakiyaning yangi bosh vaziri Peter Pellegrini maxsus xizmatlardan o‘z atrofida ishlaydigan kishilarni tekshirishni so‘radi. Bunga hukumatdan yaqindagina ishdan ketgan xodimlarning Italiya mafiyasi bilan aloqada bo‘lganiga doir shubha-gumonlar sabab bo‘lgan.
21 fevral kuni siyosatchilarning jinoyat olami bilan aloqalarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan jurnalist Yana Kutsiak o‘ldirilganidan keyin Slovakiyada siyosiy inqiroz kuzatildi. Aholining ommaviy norozilik namoyishlari va prezident Andrey Kiski hamda muxolifat partiyalar tanqididan keyin hukumat apparatidagi qator xodimlar egallab turgan lavozimlarini tark etishlariga to‘g‘ri keldi. IIV rahbari, bosh vazir Roberto Fitso shular jumlasidandir. Qayta tashkil etilgan hukumatga Peter Pellegrini boshchilik qildi, u bunga qadar bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
"Maxsus xizmatlardan sobiq bosh vazir (Fitso) uning kantselyariyasida Italiya mafiyasining Slovakiyadagi vakillari bilan aloqador shaxslar borligidan xabardor bo‘lganmi yoki yo‘q - bilish uchun barcha imkoniyatlarimni ishga solaman", - dedi Pellegrini "Shanba kungi muloqotlar" teleko‘rsatuvida.
Shuningdek u ayni damda hukumat apparatida ishlovchi xodimlarining maxsus tekshiruvdan o‘tkazilishiga erishmoqchi ekanini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
11:05 / 26.02.2026
YeI Vengriya va Slovakiyaga neft yetkazib berishda tahdid ko‘rmayapti
15:44 / 24.02.2026