Estoniya Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoning 9 may munosabati bilan Moskvaga yöl oladigan samolyotini öz havo hududi orqali ötkazmaydi. Bu haqda Boltiqböyi davlati taşqi işlar vaziri Margus Tsaxknaning 19 aprel, yakşanba kuni Estoniya Taşqi işlar vazirligi saytida e’lon qilingan bayonotida aytilgan.
“Fitso bu yil ham 9 may paradi uçun Moskvaga parvoz qilişda Estoniya havo hududidan foydalanişga ruxsat olmaydi. Çunki bu paradning maqsadi tajovuzkorni uluğlaşdan iborat. Biz buni ötgan yili ham taqiqlagan edik va hozir ham xuddi şu tamoyil amal qiladi”, — deyiladi hujjatda.
Tsaxknaning sözlariga köra, Rossiya xalqaro me’yorlarni mensimasdan, Ukrainaga va butun Yevropa xavfsizligiga qarşi tajovuzni davom ettirayotgan bir paytda, heç bir davlat Estoniya havo hududidan Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlaş maqsadida foydalaniş huquqiga ega emas.
“Estoniyada rasmiy taşriflar doirasida qöniş va parvozlarga ruxsat beriş böyiça YeI va NATO davlatlari uçun yagona tartib amal qiladi, ammo u Estoniya havo hududini Rossiyaga safarlar uçun işlatiş holatlariga tatbiq etilmaydi”, — deya qayd etilgan TIV saytida.
Bundan bir kun oldin, 18 aprel kuni Robert Fitso Facebook’da e’lon qilingan videomurojaatida uning samolyoti uçun Litva va Latviya ham öz havo hududini yopişini aytgan edi.
“Litva va Latviya allaqaçon bizga Moskvaga parvoz qiliş çoğida öz hududi ustidan uçişga ruxsat bermasligini bildirdi. Xöş, YeIga a’zo davlatlar boşqa bir YeI a’zosi bölgan davlat boş vaziriga öz hududi ustidan uçişga ruxsat bermaydimi? Ötgan yili bölgani kabi, men albatta boşqa yönaliş topaman”, — dedi Slovakiya boş vaziri.
2025 yilda Moskvada 9 may tantanalarida 27 davlat rahbari, jumladan Xitoy, Belarus, Kuba, Venesuela, Slovakiya va Serbiya yetakçilari iştirok etgan edi.
Öşanda Latviya va Litva hukumati ham Robert Fitso va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç samolyotlarining Rossiya poytaxtiga yöl olişida öz havo hududi orqali uçişiga ruxsat bermagan. Riga bu taqiqni “parvoz maqsadining siyosiy jihatdan nozikligi”, Vilnyus esa “texnik va diplomatik holat” bilan izohlagan. Şuningdek, Fitsoga Polşa havo hududi orqali uçiş ham taqiqlangan edi.
Öz navbatida, 2025 yilda Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham, YeIning taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas ta’kidlaganidek, “Yevropa Ittifoqiga qöşilişga nomzod davlatlarga 9 may kuni Moskvadagi paradga bormaslik kerakligini aniq tuşuntirgan”.

















