Jahon | 22:38 / 09.04.2018
6022
2 daqiqa o‘qiladi

Armanistonning sobiq prezidenti nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surildi  

Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy

Armaniston bosh vazir lavozimini bajarayotgan Karen Karapetyan mamlakatning sobiq prezidenti Serj Sargsyan nomzodi bosh vazir lavozimiga ilgari surilishini ma'lum qildi. Bu haqda vazirlar mahkamasi matbuot xizmatida ma'lum qilingan.   

9 aprelda Armanistonning yangi prezidenti Armen Sarkisyan lavozimini bajarishga kirishgandan keyin hukumat iste'fosini qabul qildi. Prezident inauguratsiyasi kuni hukumatning tarqatilishi isloh qilingan konstitutsiyaning o‘tish qoidalarida ko‘zda tutilgan. Kelgusida hukumat prezident saylovlaridan keyin emas, balki parlament saylovlaridan keyin avtomatik ravishda iste'foga chiqadi.

Yangi bosh vazir saylanishi 17 aprelga belgilangan. Shundan keyin prezidentga 5 kun ichida hukumat a'zolari nomzodlari taqdim qilinadi, 15 kun ichida vazirlar mahkamasining uchdan ikki qismi shakllantirilishi kerak.   

Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident 3 kun ichida bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarni tayinlaydi yoki 5 kun ichida qaror qabul qiladigan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiladi. Agar prezident belgilangan muddat, ya'ni 3 kunda konstitutsiyadagi talablarni bajarmasa, unda hukumat a'zolari avtomatik ravishda tayinlangan hisoblanadi.

Armaniston milliy yig‘ini 2 mart kuni Armanistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Sarkisyanni mamlakatning yangi – 4-prezidenti etib saylagandi. Sargsyanning prezidentlik muddati yakunlangandan keyin Armaniston konstitutsiyasining yangi matni kuchga kirdi. Unga ko‘ra, hokimiyat parlament va hukumat qo‘llarida mujassamlashadi, prezident vazifalari esa mamlakatni taqdim qilishdan iborat bo‘ladi.     

Mavzuga oid