Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistonda 10 tonnaga yaqin Nestle bolalar ozuqasi yo‘q qilindi
Qaror aralashmalarda xavfli toksin mavjudligi tahdidini ko‘rsatgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingandan so‘ng qabul qilingan.
Foto: Videodan kadr
Armanistonda Nestle kompaniyasining NAN brendi ostidagi taxminan 9,7 ming kg bolalar ozuqasi partiyasi yo‘q qilindi. Qaror aralashmalarda xavfli toksin mavjudligi tahdidini ko‘rsatgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari olingandan so‘ng qabul qilindi. Bu haqda Armaniston oziq-ovqat xavfsizligi inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap bolalar uchun quruq, tez eriydigan sut va sutli aralashmalar haqida ketmoqda, deb aniqlik kiritdi vazirlik. Partiya «Inspeksiya organi xodimlarining aniq nazorati ostida» yo‘q qilindi, deb xabar berdi TASS.
2026 yil yanvar oyida «Rospotrebnadzor» Rossiyaga tsereulid toksini aniqlangan sakkiz turdagi Nestle quruq aralashmalarini olib kirishni to‘xtatdi. U tashqi ta’minotchining xomashyosidan topilgan.
Bundan tashqari, kompaniya 25 ta mamlakatda, jumladan, O‘zbekiston, Argentina, Turkiya va Yevropa davlatlarida o‘z mahsulotlarini qaytarib oldi. Fransiyada Nestle bolalar aralashmasini iste’mol qilgan chaqaloqlardan ikki nafari vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026
Yadroviy kelishuv va strategik sheriklik bitimi – Vensning Kavkazga tashrifi tafsilotlari
14:59 / 10.02.2026
AQSh Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikdan qutulish uchun 9 mlrd dollar ajratadi
08:36 / 10.02.2026