02:39 / 13.04.2018
12017

Yevropa Ligasi. "Arsenal" va "Atletiko" yarim finalda, "Latsio" va "Leyptsig" musobaqani tark etdi

Foto: Twitter/Arsenal

2017/18 yilgi Yevropa Ligasining 1/4 finalining javob o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qilgan TsSKA 2:2 hisobidagi durang qayd etib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra musobaqani tark etdi. 

Mezbonlar safida Chalov hamda Nababkin gol urgan bo‘lsa, londonliklarning goliga Uelbek hamda Remzi mualliflik qildi. 

"Sporting" esa o‘z uyida "Atletiko Madrid" ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yindagi yagona gol 28-daqiqada Montero tomonidan kiritildi. Biroq ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ispan klubi yarim finalga chiqdi. 

Birinchi o‘yinda "Latsio"dan 4:2 hisobida hisobida mag‘lub bo‘lgan "Red Bull" o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi. 

Maydon egalari tarkibida Dabur, Edara, Xvan Xi Chxan va Layner 1tadan gol urgan bo‘lsa, "Latsio"ning yagona goli Immobile tomonidan kiritildi. 

"Marsel" ham dastlabki o‘yinda "Leyptsig"ga kichik hisobda yengilgan bo‘lishiga qaramay, o‘z uyida kerakli natijani qayd eta oldi – 5:2. 

Mezbonlar safida Sarr, Toven, Payyet hamda Sakai 1tadan gol urgan bo‘lsa, yana bir golni raqib o‘yinchisi Ilzanker o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. "Leyptsig"ning gollari Bruma hamda Ogyusten mualliflik qilishdi. 

 

Yevropa Ligasi, 1/4 final
Javob o‘yinlari

TsSKA Rossiya – Arsenal Angliya 2:2

Gollar: 1:0 – 39 Chalov, 2:0 – 50 Nababkin, 2:1 – 75 Uelbek, 2:2 – 90 Remzi.
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Ignashevich, Nababkin, Berezutskiy, Dzagoyev (Vitino, 38), Kuchayev, Bistrovich (Natxo, 72), Golovin, Chalov (Milanov, 79), Musa.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Remzi, El-Nenni, Uilsher (Chembers, 69), Ozil, Lyakazett (Ivobi, 77), Uelbek.
Ogohlantirish: Golovin (86).
Dastlabki o‘yin: 1:4

Sporting Portugaliya – Atletiko Ispaniya 1:0

Gol: 1:0 – 28 Montero.
Sporting – Ruy Patrisiu, Ande Pintu, Mate (Petrovich, 26), Ristovski (Dumbiya, 80), Koates, Akunya, Battalya, Ruis (Ruben Ribeyru, 70), Fernandesh, Jyelson Martinsh, Montero.
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Savich, Godin, Lyuka Ernandes (Vrsalko, 46), Vitolo (Korrea, 60), Koke, Saul, Gabi, Grizmann, Diyego Kosta (Torres, 52).
Ogohlantirishlar: Ristovski (29), Montero (66), Torres (70), Fernandesh (76), Battalya (90), Oblak (90).
Dastlabki o‘yin: 0:2

Red Bull Avstriya – Latsio Italiya 4:1

Gollar: 0:1 – 55 Immobile, 1:1 – 56 Dabur, 2:1 – 72 Edara, 3:1 – 74 Xvan Xi Chxan, 4:1 – 76 Layner.
Red Bull – Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Tsar, Edara, Shlager, Yabo (Minamino, 84), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 79), Dabur.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu, Basta (Lukaku, 60), Luis Felipe, Milinkovich-Savich (Felipe Anderson, 69), Lulich, Luis Alberto, Parolo, Leyva (Nani, 77), Immobile.
Ogohlantirishlar: Ulmer (60), Leyva (64), Luis Felipe (65), Milinkovich-Savich (89), Ramalo (90), Valke (90).
Dastlabki o‘yin: 2:4

Marsel Fransiya – RB Leyptsig Germaniya 5:2

Gollar: 0:1 – 2 Bruma, 1:1 – 6, avtogol Ilzanker, 2:1 – 9 Sarr, 3:1 – 38 Toven, 3:2 – 55 Ogyusten, 4:2 – 60 Payyet, 5:2 – 90 Sakai.
Marsel – Pele, Kamara, Amavi, Sakai, Sanson, Lopes, Luis Gustavo, Payyet (Zambo-Angissa, 83), Sarr (Rami, 28), Toven (Okampos, 63), Mitroglu.
RB Leyptsig –    Gulachi, Upamekano (Bernardo, 66), Konate, Klostermann, Ilzanker, Keyta, Demme (Forsberg, 54), Zabittser (Poulsen, 59), Kampl, Bruma, Ogyusten.
Ogohlantirishlar: Toven (38), Mitroglu (51), Konate (87), Sakai (90).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Top