Yengilmaslar töqnaşuvi
Yevropa Ligasi. Final
Sevilya — Roma 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:1.
31 may, «Puşkaş Arena»
Gollar: Mançini (55, avtogol) — Dibala (35).
Sevilya – Bunu, Navas (Montel, 95), Bade, Gudel (Markao, 120+8), Telles (Rekik, 95), Rakitiç, Fernando (Xordan, 120+8), Okampos, Oliver Torres (Suso, 46), Xil (Lamela, 46), An-Nosiri.
Roma – Patrisiu, Çelik (Zalevski, 91), Smolling, Mançini, Rojyer, Spinatssola (Lorente, 106), Matiç (Bove, 120), Kristante, Pellegrini (El-Şaaravi, 106), Dibala (Veynaldum, 68), Abraham (Belotti, 75).
Ogohlantirişlar: Matiç (22), , Pellegrini (45), Mançini (48), Kristante (65), Rakitiç (65), Çelik (74), Zalevski (105), Lamela (109), Xordan (120), Montel (120+4), Okampos (120+10).
Ringning bir burçagida «Sevilya»: bu turnirdagi ğalabalari barçani çarçatgan va hazil bilan kubok nomi ularning nomi bilan atala boşlangan klub. Boşqa burçakda Joze Mourino: XXI asr futbolining nomdor şaxslaridan biri, «Roma»ni qatorasiga ikkinçi bor qit’a turniri finaliga olib çiqqan va navbatdagi titulni qölga kiritişni közlagan murabbiy. Bungaça «Sevilya» Yevropa Ligasi finallariga olti bor çiqib, olti marta ğolib bölgan, Mourino — yevrokuboklarda beş finalda beş ğalaba, agar Superkubok hisobga olinmasa. Qaytarib bölmagan kuç örnidan qözğatib bölmagan obekt bilan töqnaşdi va kimdir bu safar yengilişi kerak edi.
Bu öyindan oldin ham raqiblarning taktikasidan kelib çiqqan holda köp gol bölişi kutilmayotgandi. Mourino, bu qançalik stereotip tuyulmasin, Mourinoligiça qolişi aniq edi, andalusiyaliklarning öyini esa, mart oyida Xose Luis Mendilibara boş murabbiylikka tayinlanganidan keyin sezilarli darajada soddalaşdi. Ha, uning qöli ostidagi futbolçilar texnik ustunlikka ega, ammo bunday öyinda bu öz ahamiyatini yöqotadi.
Ayyor Joze
Öyin qanday keçişi ilk daqiqalardanoq körinib turardi. Dastlabki yarim soatda raqiblar darvozaga berilgan zarbalardan beş barobar köproq qoida buzişdi. Lekin bu vaqt oraliğida bitta golli vaziyat ham yuzaga keldi: Spinatssola töpni öziga yaxşi böysundirib zarba berdi, ammo «Sevilya» posboni Bunu zarbani qaytara oldi. Qolgan vaqtda — kuraş, kuraş va yana kuraş keçdi. Bu kuraş şunçalik qattiq ediki, futbolçilar muntazam ravişda gazonga yumalab, oğriqdan baqirişardi. Birinçi bölimning öziga yetti daqiqa qöşib berilişi bejiz emasdi — agar maydondagi voqealar jahon çempionatida keçganida, hakamlar 20 daqiqa qöşgan bölardi.















