Konferensiyalar ligasining ötgan mavsumi finalçilari uçraşuvining birinçi bölimi yakuniga köra Joze Mourino ketma-ket omadsizliklardan şikoyat qilişga haqli edi. Birinçidan, 26-daqiqadayoq Dibala jarohat tufayli maydonni tark etdi. Ikkinçidan ştatdagi penaltiçi yöqligida töp «Feyyenoord» himoyaçisi qöliga tegişidan keyin belgilangan 11 metrlik jarima zarbasidan foydalanilmadi. Pellegrini joriy mavsumda ikkinçi bor «nuqta»da adaşdi, u tepgan töp darvoza ustuniga tegdi va «börilar»ning mavsum omadsizi sifatidagi maqomi yanada mustahkamlandi. Top-5 ligalardagi jamoalarni olganda uşbu klub futbolçilari yöllagan zarbalarning 26 tasi darvoza tösini yoki ustuniga tekkan, bu borada faqat «Bavariya» va «PSJ»da yuqoriroq körsatkiç.
Ma’lum bölişiça, bu «Roma» uçun yanada jiddiy muammolarning deboçasi edi. Faolroq öynagan rotterdamliklar Viffer töpni yerga çöpçitib bergan zarba evaziga hisobni oçişdi. Deyarli şu vaqtda oddiy köringan yakkakuraş vaqtida Abraham jarohat oldi, rimliklarning javob goli muqarrardek köringan epizodda esa golli pas muallifi Idrissi böş darvozaga kirib ketayotgan töpni qaytarib qoldi.
Qolaversa, Veynaldumning özining ilk klubi darvozasi «töqqizligi»ga yöllagan zarbasi ham golga aylanmadi. «Feyyenoord» muxlislari uçun esa öyin haqiqiy bayramga aylandi - ular şu kuni tribunalarga puflangan öyinçoqlar kötarib kelişgandi. Bu Niderlandiya klasikosida «Ayaks» futbolçisi Klassenning boşiga qattiq jism
2020 yilgi pandemiya çoğida «MYu» va «Sevilya»ning yöllari Yevropa ligasi yarimfinalida kesişgandi, öşanda andalusiyaliklar öz odatiga köra kubokni yana bir marta yutişgandi. Ispanlarning öşandagi ğalabasi (2:1) sensatsiya sifatida baholanmagandi, endi esa kuçlar nisbati özgargan. «Qizil iblislar» yana kuçli raqibga aylangan, sevilyaliklar esa tizimli inqirozga qarşi kuraşmoqda va yaqinda mavsumda davomidagi uçinçi boş murabbiy tayinlandi.
Natijada ingliz klubida törtinçi urinişda (jamoalar 2018-2019 yillar mavsumida YeÇLda bir guruhdan örin olgan, Ispaniyadagi öyinda hisob oçilmagan, «Old Trafford»da 1:2 hisobi qayd etilgan), Reşford noma’lum muddatga safdan çiqqan holatda ham öz maqsadiga erişiş uçun ideal kuçlar nisbati yuzaga kelgandi. Sançoning tezkor goli ofsayda tufayli bekor qilingan bölsa, Zabitser Brunu Fernandeşning ajoyib pasiga ideal darajada oçildi va Bunuga imkon qoldirmadi. Avstriyalik futbolçi şu kuni Erik ten Xagning maxfiy quroliga aylanib, Marsiyal tozalab bergan hududlarda oçildi. Köp ötmay fransuz hujumçisining assistidan keyin Zabitser dublni rasmiylaştirdi.
Keyin esa Fernandeş sariq kartoçka oldi va javob öyinini ötkazib yuboradigan böldi. Portugaliyalik futbolçi «MYu» uçun qançalik muhimligini — raqamlar ham körsatadi. Brunu «Old Trafford»ga kelgan vaqtdan buyon u va faqat Messi öz hisobiga 50 dan ortiq gol va golli uzatma yozib qöygan.
Bir haftadan keyingi öyinda Varan ham öynamasligi mumkin, murabbiy tanaffusda jarohati jiddiylaşmasligi uçun uni zaxiraga olib, örniga öyinning bölajak antiqahramoni Maguayrni tuşirdi. Öyin oxirida Lisandro Martines jarohat olgani esa yanada jiddiyroq muammo bölib çiqişi mumkin. Mehmonlarning argentinalik futbolçilari Akunya va Montiel uni maydondan kötarib olib çiqişdi. Bu çiroyli körinadi, ammo «MYu» muxlislari uçun bu lahza maydondagi sönggi ijobiy vaziyat bölib qoldi.
Ularning sevimlilari bu oqşom yirik hisobda ğalaba qozonişi mumkin edi, jamoa juda köp vaziyatlar yaratdi, Antonining zarbasi ustunga tegdi. Lekin mezbonlar golni öz darvozasiga urişdi, 84-daqiqada Malasiya öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi, 86-daqiqada Martines jarohat olganida esa öyinçi almaştiriş imkoniyatlaridan töliq foydalanib bölingandi va qolgan vaqtni 10 kişi bölib ötkazişga töğri keldi. De Xea An-Nosirining qaytarib bölmaydigandek tuyulgan zarbasini tösib, ğalabani saqlab qolgandek köringandi. Ammo u marokaşlik töpurarning yana bir zarbasi Maguayrning boşi orqali yönalişini keskin özgartirganida ilojsiz holatda qoldi.
Şu tariqa, bu öyinda aql bovar qilmas omadsizliklar tufayli kutilmagan yakun röy berdi. Endi jamoa 20 aprel kuni ötkaziladigan javob öyinida yanada qiyin holatga tuşib qolişi mumkin.
Massimiliano Allegri öyin arafasida «Sporting» manziliga maqtovlarni ayamadi, öyin boşlanganida esa lissabonliklar uning gaplari şunçasi söz emasligini isbotlaşga kirişdi. «Şerlar» oldingi raundda «Arsenal»ni turnirdan çiqarib yuborgandi, bunday natijadan keyin esa jamoa heç kimdan qörqmasligi tayin edi.
Turinda mehmonlar «Yuventus»dan qiziqarliroq körindi, birinçi bölim oxirida Nunu Santuşning zarbasi burçakni tösgan himoyaçining harakati tufayli golga aylanmay qoldi. Qöşimçasiga mezbonlar Şçensnini özgartirişiga töğri keldi. Kökragida qattiq oğriq his qilgan darvozabon közda yoş bilan maydonni tark etdi. U maydondan çiqar ekan, qölini yuragi joylaşgan sohaga bosib turardi.
Umuman olganda, «Keksa sinora» uçun ufqda heç qanday yaxşilik körinmayotgandi, ammo jamoa yana bir marta öz maqsadiga qanday erişişini körsatib berdi. Vaqti-vaqti bilan qöpol xatolarga yöl qöyib turadigan Adan jarima maydoniga uzatilgan töpga çiqişda xatoga yöl qöydi, himoyaçilar Vlahoviçning zarbasini qaytargan bölsa-da, qaytgan töpni mezbonlar himoyaçisi Gatti darvozaga töğrilab qöydi.
Uning «byankoneri» safidagi ilk goli jamoaga yevrokuboklarda qatorasiga 1:0 hisobidagi ğalabani olib keldi. Öyin qahramonlari safiga ikkinçi darvozabon Perinni ham qöşiş zarur. Sönggi daqiqalarda u yaqin masofadan yöllangan zarbani tösib, kun seyvini ijro etdi, şu lahzaning özida ikkinçi zarbaga ham töğri reaksiya körsatdi. Bu Allegriga xos klassik ğalaba böldi, «Sporting»da esa burçak zarbalari çoğida himoyalanişda muammolar davom etmoqda. Bu mavsumda jamoa burçak töplaridan keyin beşta gol ötkazib yuborgan, şundan törttasi yevrokubok öyinlariga töğri keladi.
Yevrokuboklarda debyutant sanalgan Belgiya jamoasi nemis klublari uçun haqiqiy boş oğriğiga aylandi. Avvalgi raundda «Yunion» amalda öz adaşi — Berlinning «Union» klubini turnirdan çiqarib yuborgandi. Endi esa boş murabbiylikka Habi Alonso kelganidan keyin öz öyinini topib olgan «Bayyer» muammoga uçradi. Mavsumning birinçi qismida xavfli hududda yurgan leverkuzenliklar endilikda yevrokuboklarga yöllanma beruvçi oltilikka qaytgan, jamoaning sönggi mağlubiyati esa 19 fevralga töğri keladi.
Ammo bu öyin Yevropa Ligasida safar öyinlarida biror marta mağlub bölmagan (+3=1) «Yunion» ssenariysi ostida keçdi. Belgiyaliklar tanaffusga qadar ança şiddatli öyin körsatdi, ikkinçi bölim boşida esa Bonifas töpni mezbonlar darvozasi burçagiga joylaştirdi. Nigeriyalik forvard hayratlanarli mavsum ötkazmoqda, saralaş raundida u «Bude-Glimt» uçun beşta gol urgandi, endi esa «Yunion» futbolçisi sifatida özining bu körsatkiçini yaxşilagan.
«Bayyer» uçun qutqaruvçi rolini zaxiradan tuşgan Ozmun bajardi, avvalgi ikki öyinda ikki gol urgan eronlik hujumçi bu safar öz hisobiga assist yozib qöydi. Töpni özi bilan jarima maydoniga olib borgan Serdar uni qulay vaziyatda turgan leverkuzenlik vunderkind Virsga ideal darajada yetkazib berdi. U sönggi daqiqalarda qanotdan uzatilgan töpni darvozaga joylay olganida kun öyinlari qahramoniga aylangan bölardi. Şunga qaramay, Ozmun bu öyini bilan javob öyinida boşlanğiç tarkibda tuşiş imkoniga ega bölişi mumkin.
Kun statistikasi
«Vest Hem» hujumçisi Ings faoliyatida ilk bor yevrokubokda (Konferensiyalar ligasi) gol urdi.
«Feyyenoord» futbolçilari joriy yevromavsumda uzoq masofadan 5 bor gol urişgan. Rotterdamliklar bu borada «Betis» bilan birgalikda yetakçilik qilmoqda.
«Fiorentina» hujumçisi Artur Kabral yil boşidan buyon barça turnirlar doirasida 10 gol urdi. A seriya futbolçilari orasida u faqat «Neapol» forvardi Osimhendan ortda qolmoqda.
«Sevilya» 33 yil oldin ham yevrokubok doirasida Moskvaning «Torpedo» klubiga qarşi öyinda 0:2 hisobidan çiqib ketgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi