O‘zbekiston | 15:11 / 13.04.2018
17858
2 daqiqa o‘qiladi

«Rosatom» O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Foto: RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov

«Rosatom» O‘zbekiston bilan mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deya xabar bermoqda TASS

«Biz Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston bilan bu bo‘yicha ishlamoqdamiz», - deya ma'lum qilgan Lixachyov.

Rosatom rahbarining umid bildirishicha, vazirlar mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligining yordami bilan kelajakda Rossiya mutaxassislari yordamida elektr stansiyalarni qurish istagida bo‘lgan mamlakatlar doirasi kengayadi.

«Biz hozirda O‘zbekiston hukumati bilan stansiya qurilishi bo‘yicha hukumatlararo bitimga chiqish borasida muzokaralar o‘tkazmoqdamiz. Garchi O‘zbekiston atom sohasida yangi vakil bo‘lmasada, - SSSR davrida bu respublikada tadqiqot reaktorlari ishlagan, - ammo u yerda katta atom stansiyalari mavjud emas», - dedi Lixachyov. 

Mavzuga oid