Qozoğiston fuqarolari referendumda mamlakatda va butun Markaziy Osiyoda birinçi atom elektr stansiyasini quriş uçun ovoz berdi. KTK telekanali tomonidan 6 oktyabr, yakşanba kuni e’lon qilingan ovoz berişdan keyingi uçta ekzitpol natijalariga köra, saylovçilarning qariyb 70 foizi atom elektr stansiyasi qurilişini qöllab-quvvatladi.

Saylov komissiyasi rasmiy natijalarni 7 oktyabr, duşanba kuni e’lon qilişni rejalaştirmoqda. Komissiya ma’lumotlariga köra, referendumda iştirok etganlar taxminan 64 foizni taşkil qilgan.

Referendumda qatnaşgan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev atom elektr stansiyasini quriş rejasini «mustaqil Qozoğiston tarixidagi eng yirik loyiha» deb atadi. U atom elektr stansiyasi «eng zamonaviy texnologiyalarga ega global kompaniyalar konsorsiumi» tomonidan qurilişini yoqlab çiqdi. Fransiya, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari atom elektr stansiyalarini quriş böyiça şartnoma tuziş uçun kuraşmoqda.

AES qurilişiga qarşi ekologlar va faollar

Qozoğiston dunyodagi eng yirik uran qazib oluvçisi, ammo elektr quvvati taqçilligidan aziyat çekmoqda. Atom elektr stansiyasi bu vaziyatni özgartirişni maqsad qilgan. Ayni paytda köplab ekologlar, nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari va fuqarolik faollari AES qurilişiga qarşi. Ular kelgusida stansiyani foydalanişdan çiqariş uçun katta miqdorda mablağ talab qilinişini ta’kidlamoqda. Bundan taşqari, ular AES quriş ğoyasi Qozoğiston rasmiylari tomonidan faqat Rossiya manfaatlarini közlab ilgari surilayotganidan xavotirda.

Lekin eng muhimi, atom energetikasi muxoliflarini beqaror Balxaş köli böyida AES quriş rejalari taşvişga solmoqda. Qayd etilişiça, avariya yuz bergan taqdirda mamlakat aholisi ziç joylaşgan hududning salmoqli qismi radioaktiv ifloslanişga duçor böladi.